‘maqola’ ruknli maqolalar

Simulatorlar: o‘quv yurtlarida qo‘llash perspektivalari

Chorshanba, May 14th, 2008

Bundan ikki oycha avval infoCOM.UZ “IT-jurnalistikasi sohasida milliy mukofot” maqolalar tanlovini e’lon qilgan edi. Kamina ham ushbu tanlovga ozmi-ko‘pmi o‘z xissamni qo‘shish uchun “Simulatorlar: o‘quv yurtlarida qo‘llash perspektivalari” nomli maqola topshirgan edim. Mana bugun maqolam infoCOM.UZ saytida chop etilibdi. Kimda-kim qiziqsa marhamat, maqola mana bu yerda, o‘qib chiqishi mumkin.

Aytib qo‘yay, maqolada texnik terminlarga biroz ko‘p joy ajratilgan. Shuning uchun ba’zilarga sal tushunarsiz bo‘lishi mumkin.
Xullas maroqli mutolalar :)

11 soat keyin: Aytganchi tanlov natijasi May oyining so‘nggida ma’lum bo‘ladi.

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

Maqola yoz – noutbukka ega bo‘l!

Shanba, Mart 15th, 2008

infoCOM.UZ – O‘zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari jurnali “IT-jurnalistikasi sohasida milliy mukofot” tanlovini e’lon qildi. (asli e’lon 3 kun avval chiqib bo‘lgan:). Tanlov haqidagi rasmiy xabar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin, rus tilida o‘qish qulay bo‘lganlar mana bu yerdan o‘qib olishlari mumkin.
Maqola yoz - noutbukka ega bo’l

Tanlov shu yilning 12 martidan 16 mayigacha davom etadi. Tanlovda istagan odam qatnashishi mumkin: bitta sharti tanlov uchun maxsus maqola yozilishi kerak. Xohlovchilar o‘z maqolalarini 10 maygacha editor@infocom.uz manziliga elektron formatda yuborishlari lozim (Maktub sarlavhasiga “Tanlovga” deb yozish esdan chiqmasin:).

Maqolalar mavzusi – axborot texnologiyalari. Mavzular axborot texnologiyalarining O‘zbekiston Respublikasida hozirda qo‘llanilishi yoki kelajakda tatbiq etilishi istiqbollari borasida bo‘lishi mumkin. Maqola hajmi ko‘pi bilan 20 000 belgidan iborat bo‘lishi mumkin, ammo maqolalar soni chegaralanmangan. Maqola o‘zbek yoki rus tillarida yozilishi mumkin.

Eng muhimi yutuq uchun ikkita ASUS-X50N noutbuklari qo‘yilgan. Qisqacha noutbuk haqida:
(davomi…)

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...