Google Wave (Sandbox) – Internet Explorer 8 is not supported
Avgust 12th, 2009
loading...
loading...

UPDATE: RabbitVCS
NautilusSvn Nautilus (GNOME fayl menejer) uchun qo‘shimcha bo‘lib, Windows operatsiyon tizimida ishlovchi TortoiseSVN‘ning klonidir. SVN lar bilan Windows foydalanuvchisi sifatida ishlashni boshlab, TortoiseSVN’ga juda ham o‘rganib qolgan edim. Mana axiri Ubuntu uchun ekuvalentini topib oldim. Garchi NautilusSvn hali rasmiy ravishda e’lon qilinmagan bo‘lsada beta versiyasi ham yomon ishlamayapti.
Quyida NautilusSvn’ni Ubuntu’da o‘rnatish uslubi keltirilgan.
sudo apt-get install python-nautilus python-svn python-configobj sudo dpkg -i nautilussvn_0.12-1ubuntu2_all.deb nautilus -q && nautilus &
Android SDK ning yangi versiyalari chiqishi bilan avvalgi maqolada ko‘rsatilgan proksi moslamalari kiritish uslubi endi ish bermaydigan bo‘lib qolibdi. Endi proksi moslamalari quyidagicha joriy qilinadi.
Buyruq oynasini oching (command prompt) va quyidagi buyruqlarni birin-ketin bajaring:
cd ..\android-sdk-windows-1.5_r2\tools emulator -avd AVD_NAME -http-proxy http://USERNAME:PASSWORD@YOUR_PROXY_ADDRESS:PORT
Voi·là!
1. Install socket
$ sudo apt-get install socket
2. Create a proxy-cmd.sh file (for e.g. under ~/bin) and put following code:
#! /bin/bash (echo "CONNECT $1:$2 HTTP/1.0"; echo; cat) | socket YOUR_PROXY_ADDRESS PORT | (read a; read a; cat)
3. Set GIT_PROXY_COMMAND:
export GIT_PROXY_COMMAND=/PATH/TO/proxy-cmd.sh
4. Done. Enjoy :-)
Src: http://groups.google.com/group/android-platform/browse_thread/thread/1e082b3c4a9d85ca
May oyi oxirida bo‘lib o‘tgan Google I/O developerlar konferensiyasida ikkinchi Android developer musobaqasi e’lon qilingan. Musobaqa haqida to‘liq ma’lumotlar shu oyda e’lon qilinadi.
Umumiy qoidalar quyidagicha:
Maqolaning davomi »
Ko‘pchilik kompaniyalar Internetga proksi server yoki korporativ fayrvol orqali ulanadi. Bunday holatda Android emulyator orqali internetga bog‘lanib bo‘lmaydi. Agar sizda ham holat shunday bo‘lsa va Internet bilan ishlaydigan programma(lar) yasamoqchi/ishlatmoqchi bo‘lsangiz, Android emulyator uchun proksi moslamalarini quyidagicha to‘g’irlashingiz mumkin.
adb shell sqlite3 /data/data/com.android.providers.settings/databases/settings.db \"INSERT INTO system VALUES (99,'http_proxy','YOUR_PROX_ADDRESS:PORT');\"
Kerakli ma’lumotlar to‘g’ri kiritilganini tekshirish uchun esa quyidagi buyruqni bajarish lozim:
adb shell sqlite3 /data/data/com.android.providers.settings/databases/settings.db \"SELECT * FROM system;\"
Agar hammasi yaxshi kechgan bo‘lsa, ekranga chiqqan natijalar ichida shunga o‘xshashi bo‘lishi kerak: 99 | ‘http_proxy’, ‘YOUR_PROX_ADDRESS:PORT’
Vaqtiki kelib proksi moslamalarini o‘chirib tashlashga ehtiyoj sezishingiz mumkin. Bunday holatda quyidagi buyruqni amalga oshiring:
adb shell sqlite3 /data/data/com.android.providers.settings/databases/settings.db \"DELETE FROM system WHERE _id=99;\"
Tamom ;-)
Qariyb barcha programmalash tillarida “data type” degan tushuncha mavjud, ya’ni ma’lumotlar turi. Ushbu ma’lumotlar turidan biri “long” (uzun) bo‘lib, u 64-bit belgili ikkiliklardan iborat songa teng (64bit signed two‘s complement integer). Ya’ni -9223372036854775808 dan 9223372036854775807 gacha bo‘lgan sonlarni o‘z ichiga oladi. Bu sonni qanday o‘qish mumkin? :)
-9 223 372 036 854 775 808 -> minus 9 kvintil’on, 223 kvadril’on, 372 trillion, 36 milliard, 854 million, 775 ming, sakkiz yuz sakkiz (ENG: minus 9 quintillion, 223 quadrillion, 372 trillion, 36 billion, 854 million, 775 thousand, eight hundred eight).
9 223 372 036 854 775 807 -> 9 kvintil’on, 223 kvadril’on, 372 trillion, 36 milliard, 854 million, 775 ming, sakkiz yuz yetti (ENG: 9 quintillion, 223 quadrillion, 372 trillion, 36 billion, 854 million, 775 thousand, eight hundred seven).
Ana! :-)
Android – dastlab Andy Rubin tomonidan ishlab chiqilgan, keyin Google, hozirda esa OHA tomonidan rivojlantirilayotgan mobil uskanalarga moslangan erkin va ochiq kodli opretsiyon tizimdir.

Android Linux kerneli ustiga qurilgan va barcha programmalari Dalvik virtual mashinasida ishlaydi. Programmalar Java programmalash tilida yoziladi.