Skip to content


{ Category Archives } Vie Terrestre

Category for everyday life posts

Apple MacBook Air

Apple MacBook Air‘ni e’lon qilganiga mana bir oy bo‘ldi. techblog.uz - yangi texnologiyalar blogida bu haqida maqola chiqib qolsa ko‘chirib olaman deb rosa kutdim, haligacha darak yo‘q. Shuning uchun o‘zim yozishga qaror qildim :)
Hozirgi kunda MacBook Air dunyodagi eng ingichka notebook hisoblanadi. Uning eng ingichka qismi 0.16 inch (4.064 millimetr), eng qalin qismi esa 0.76 [...]

Tagged ,

Mozilla Firefox 3 Beta 3

Bugun Ubuntu Dapper Drake dagi Firefox 3 ni yangilagan edim, Beta 3 (oxirgi) versiyasiga. Apdeytdan keyin Firefox ishlamay qoldi. Firefox’ni safe mode’da ishga tushirib ko‘rdim
/home/shooh/firefox/firefox -safe-mode
Natijada quyidagi xatolik xabarini bermoqda
firefox/firefox-bin: symbol lookup error: firefox/libxul.so: undefined symbol: pango_font_describe_with_absolute_size
Bu xabarga ko‘ra xatolik nimada ekanligini tushunmadim. Google ham yordam berolmadi hozircha.
Biroz kutaylikchi, Mozilla Dev biror narsa deb qolar.
Edit: [...]

MySQL’mi yoki My$QL?

Sun Microsystems Inc. internet olamida eng mashxur va keng tarqalgan ochiq kodli ma’lumotlar ba’zasi - MySQL AB‘ni sotib oldi.

“Biz LAMP‘ning M’iga bir milliard dollar tikdik” deb yozadi Sun’ning prezidenti Jonathan Schwartz o‘z blogida. Internet jamoatchiligining bu voqeaga munosabati turlicha. Ba’zilar Sun’ning bu savdosidan juda xursand: “MySQL orqasida endi avvalgidan ham kuchli kompaniya bo‘ladi”, “MySQL yana [...]

Tagged

Firefox 2 va 3 da Tablar

Mozilla Firefox brauzerining hamma bilgan yaxshi xususiyatlaridan biri “tabbed browsing” - “oyna ichida oyna”dir. Veb sahifalarni o‘qish va internetda ishlash borasida birnecha “tab” - oynachalar ochishga to‘g’ri kelib qoladi. Shu bilan bir paytda komputerni qayta ishga tushirish yoxud ish joyini tashlab ketilgach o‘rtada elektr tokining uzilishi yoki boshqa biror sababga ko‘ra komputer o‘chib qolishi holatlari [...]

Tagged ,

Windows XP - avtomatik qayta ishga tushishi

Mana nechinchi bor laboratoriyadagi Windows XP o‘rnatilgan kompyuter avtomatik ravishda qayta ishga tushmoqda.
Bugun ertalab kelib sistemaga kirish qilganimda, Windows XP “yangi apdeyt saqlab olib o‘rnatganini va xatto kompyuterni qayta ishga tushirganini (mendan so‘roqsiz)” quvonch bilan izhor qildi.

 Endi men dardimni kimga aytishim kerak? Kompyuterdagi chala qolgan ishlar, zo‘rg‘a yarmiga kelgan simulatsiyalarni kim qayta joy-joyiga qo‘yib beradi?

Xitoycha IQ Test

Hamma daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tishi kerak. Bu test Xitoyda kompyuter xodimlarini ishga olishda beriladi. Yechish uchun o‘rtacha 15 minut vaqt beriladi…
Qoidalar:

Solga (plot, qayiq) minish va tushish uchun odamchalarga bosing.
Solga (plot, qayiq) bir vaqtning o‘zida ikki kishi mina oladi.
Ota qizlari bilan birgalikda onalarisiz qoldirilishi mumkin emas.
Ona o‘g’illari bilan otalarisiz qoldirilishi mumkin emas.
Maxbus hech bir oila a’zolari [...]

 
icon for podpress  Xitoycha IQ test: Play Now | Play in Popup
Tagged ,

Oh Oh Oh

Oh Oh O‘zbegimning taomlari! Palovhonni Samarqandchasi, Buhorochasi Toshkanu Vodiychasi, qozonkabob, tandirkabob, archakabob, somsa, no‘xotko‘rak, manti, patir-nonlari, qaziyu qarta, beshparmak-meshparmak, pashtak-xolvalari… ODAM SOG‘INDI VEY!
View This Video on Google
Izoh: Videoklipda musiqadan foydalanilgan.

Tagged

CSS dan boshlang‘ich dars

CSS haqida E-Darslar.Net da boshlang‘ich darslik o‘qishingiz mumkin.

Tagged ,

Abdulqodir qori Husanov

O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi 2004-yil qorilar ko‘rik tanlovining g‘olibi, 2005-yil Tatarisonning Qozon shahrida o‘tkazilgan xalqaro Qur’on musobaqasi sovrindori, Eron Islom Jumhuriyatida o‘tkazilgan musobaqada dunyo qorilari orasida nufuzli o‘rin egallagan Abdulqodir qori Husanovning tilovati.
View This Video on Google

Tagged ,

Chat, e-mail, forumlarda foydalaniladigan qisqartmalar

IRC, Google Talk, MSN va Yahoo kabi bevosita muloqoti (messenger), e-mail hamda forumlarda foydalaniladigan qisqartmalar (acronyms) bilan qariyb barchamiz duch kelganmiz. Ushbu qisqartmalar muloqotdoshlarga ba’zi ma’lumotlarni qisqa usulda yetkazishda qo‘l keladi. Faqat bitta manfiy tomoni bor: ular ingliz tilidagi so‘z va iboralarning qisqartmasi. Bu ingliz tilini bilmaydiganlar uchun ancha eslab qolishga va tushunishga qiyinchilik uyg‘otadi. [...]

Tagged ,