Android developer musobaqasi 2

Android Developer Challenge 2May oyi oxirida bo‘lib o‘tgan Google I/O developerlar konferensiyasida ikkinchi Android developer musobaqasi e’lon qilingan. Musobaqa haqida to‘liq ma’lumotlar shu oyda e’lon qilinadi.

Umumiy qoidalar quyidagicha:

  1. Barcha musobaqada qatnashuvchi programmalar ingliz tilida bo‘lishi va Android 1.5 da ishlashi lozim.
  2. Programmalar quyidagi 10 bo‘limlardan biriga topshirilishi lozim.
    • Education/Reference
    • Games: Casual/Puzzle
    • Games: Arcade/Action
    • Social Networking
    • Lifestyle
    • Productivity/Tools
    • Media
    • Entertainment
    • Travel
    • Misc
  3. Bir programma faqat bitta bo‘limga topshirilishi mumkin.
  4. Musobaqada qatnashuvchi programma avval hech qayerda e’lon qilinmagan/chop etilmagan bo‘lishi shart.

Sovrinlar
Yuqoridagi 10 bo‘limdan har biri uchun:

  • 1chi o‘rin uchun: $100 000
  • 2chi o‘rin uchun: $50 000
  • 3chi o‘rin uchun: $25 000

Umumiy musobaqa bo‘yicha:

  • 1chi o‘rin uchun: $150 000 (ya’ni musobaqa bo‘yicha mutloq g‘olib 250 000 dollar yutuq bilan taqdirlanadi)
  • 2chi o‘rin uchun: $50 000 (butun musobaqa bo‘yicha ikkinchi o‘rin 150 000 dollar yutuq bilan taqdirlanadi)
  • 3chi o‘rin uchun: $25 000 (butun musobaqa bo‘yicha uchinchi o‘rin 125 000 dollar yutuq bilan taqdirlanadi)

Musobaqa uchun programmalar taqdim qilish Avgust oyida boshlanadi va 2 xafta davom etadi.

Imkoniyatni boy bermang, omad! :-)

Birinchi musobaqa go‘liblari:

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

Ruknlar:

“Android developer musobaqasi 2”ga 2 ta mulohaza

  1. xattabych dediki:

    Google I/O konferenciyasida qatnashgan 4000ta mehmon Android OS’da ishlaydigan Google Phone’ sohiblariga aylanishdi. Google bepul ravishda sovg‘a qildi.

    GD Star Rating
    loading...
    GD Star Rating
    loading...
  2. Shuhrat Dehkanov dediki:

    Siz ham Google I/O da qatnashdizmi?

    GD Star Rating
    loading...
    GD Star Rating
    loading...

Mulohaza qoldiring