May, 2009uchun arxiv

TortoiseSVN’ga ovoz bering: 2009 Sourceforge jamoatchilik tanlovi yutug‘i

Dushanba, May 18th, 2009

TortoiseSVN uchun ovoz bering:

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

Android emulyator uchun proksi moslamalari (Android 1.5 SDK)

Dushanba, May 18th, 2009

Ko‘pchilik kompaniyalar Internetga proksi server yoki korporativ fayrvol orqali ulanadi. Bunday holatda Android emulyator orqali internetga bog‘lanib bo‘lmaydi. Agar sizda ham holat shunday bo‘lsa va Internet bilan ishlaydigan programma(lar) yasamoqchi/ishlatmoqchi bo‘lsangiz, Android emulyator uchun proksi moslamalarini quyidagicha to‘g’irlashingiz mumkin.

  1. Emulyatorni ishga tushiring
  2. Buyruq oynasini oching (command prompt) va quyidagi komandani kiriting:

    adb shell sqlite3 /data/data/com.android.providers.settings/databases/settings.db \"INSERT INTO system VALUES (99,'http_proxy','YOUR_PROX_ADDRESS:PORT');\"

  3. Bo‘ldi.

Kerakli ma’lumotlar to‘g’ri kiritilganini tekshirish uchun esa quyidagi buyruqni bajarish lozim:

adb shell sqlite3 /data/data/com.android.providers.settings/databases/settings.db \"SELECT * FROM system;\"

Agar hammasi yaxshi kechgan bo‘lsa, ekranga chiqqan natijalar ichida shunga o‘xshashi bo‘lishi kerak: 99 | ‘http_proxy’, ‘YOUR_PROX_ADDRESS:PORT’

Vaqtiki kelib proksi moslamalarini o‘chirib tashlashga ehtiyoj sezishingiz mumkin. Bunday holatda quyidagi buyruqni amalga oshiring:

adb shell sqlite3 /data/data/com.android.providers.settings/databases/settings.db \"DELETE FROM system WHERE _id=99;\"

Tamom ;-)

UPDATE: http://www.uzbmaster.com/shingil/2009/07/02/android-emulyator-uchun-proksi-moslamalari-android-1-5-sdk-r2/

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

9 223 372 036 854 775 807 soni qanday o‘qiladi?

Juma, May 15th, 2009

Qariyb barcha programmalash tillarida “data type” degan tushuncha mavjud, ya’ni ma’lumotlar turi. Ushbu ma’lumotlar turidan biri “long” (uzun) bo‘lib, u 64-bit belgili ikkiliklardan iborat songa teng (64bit signed two‘s complement integer). Ya’ni -9223372036854775808 dan 9223372036854775807 gacha bo‘lgan sonlarni o‘z ichiga oladi. Bu sonni qanday o‘qish mumkin? :)

-9 223 372 036 854 775 808 -> minus 9 kvintil’on, 223 kvadril’on, 372 trillion, 36 milliard, 854 million, 775 ming, sakkiz yuz sakkiz (ENG: minus 9 quintillion, 223 quadrillion, 372 trillion, 36 billion, 854 million, 775 thousand, eight hundred eight).

9 223 372 036 854 775 807 -> 9 kvintil’on, 223 kvadril’on, 372 trillion, 36 milliard, 854 million, 775 ming, sakkiz yuz yetti (ENG: 9 quintillion, 223 quadrillion, 372 trillion, 36 billion, 854 million, 775 thousand, eight hundred seven).

Ana! :-)

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

Android nima?

Payshanba, May 14th, 2009

Android – dastlab Andy Rubin tomonidan ishlab chiqilgan, keyin Google, hozirda esa OHA tomonidan rivojlantirilayotgan mobil uskanalarga moslangan erkin va ochiq kodli opretsiyon tizimdir.

Android logo

Android Linux kerneli ustiga qurilgan va barcha programmalari Dalvik virtual mashinasida ishlaydi. Programmalar Java programmalash tilida yoziladi.

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

Wolfram Alpha ishga tushmoqda

Payshanba, May 14th, 2009

Shu xafta Juma kuni, 15 Mayda Wolfram Alpha proekti sinov holatida hamda 18 Mayda esa to‘laqonli ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda ->.

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...