Aprel, 2008uchun arxiv

Olti darajali oraliq, kichik dunyolar yoxud Erdos raqami

Chorshanba, Aprel 23rd, 2008

Universitet networking darslaridan birida Garvard universiteti professori Stanley Milgramning “Six degrees of separation” – “Olti darajali oraliq” teoriyasi bilan tanishib chiqqan edik. Men uchun bu teoriya yangilik hamda qiziqarli bo‘lganligi sababli Siz azizlar bilan ham baham ko‘rish istagi tug‘ildi.

Xo‘sh, Olti darajali oraliq teoriyasi nima haqida? Professor Milgramning ta’kidlashicha dunyodagi harqanday ikki insonning o‘rtasida yuzma-yuz tanishlar oralig‘i 6 ga teng. Albatta bu raqam o‘rtacha hisobdir. Ya’ni albatta biz inson sifatida yuzma-yuz tanish bo‘lganimiz shaxslar juda ko‘p, shu bilan birga o‘rtadagi yuzma-yuz tanishlar zanjiri yuzlab kishilardan iborat bo‘lgan juftliklar ham mavjud. Ammo o‘rtacha hisobdagi “olti” raqami men uchun xayron qolarlik darajada kichik bir sondir. O‘zbekiston prezidenti bilan Respublikaning harqanday fuqarosi orasida olti kishigina bor. Orqavarotdan, shunchaki nomini eshitgan, televizorda ko‘rgan, internetda rasmiga ko‘zi tushgan emas, balki aynan yuzma-yuz tanish bo‘lgan 6 kishi.
(davomi…)

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

WindowsXP: Language bar disappears after update

Payshanba, Aprel 10th, 2008

Yaqinda Windows XP apdeyt qilingach Taskbar’dagi Language bar yo‘qolib qoldi. Boshqaruv paneli orqali ko‘rinadigan qilsam ish stoli(desktop)da ko‘rinyapti, ammo minimize qilinganda Taskbar’da turishni o‘rniga yo‘q bo‘lib qolaverdi. Kamina 3 ta tildan foydalanman: Koreys, Rus va O‘zbek (kiril) tillari. Shuning uchun Language bar juda muhim, tillarning qaysi biri faol ekanligini ko‘rib-bilib turmasam ko‘ngil joyiga tushmaydi.

Xullas Microsoft’ning saytidan masalaga yechim bo‘ladigan hech narsa topolmadim, axiri Internetni titkilay-titkilay faqat Registry’ni taxrirlash yo‘li bilan muammoning yechish usulini topdim. Registry’ga kiritilishi lozim bo‘lgan kod quyidagicha:
(davomi…)

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...