Fevral, 2008uchun arxiv

Apple MacBook Air

Seshanba, Fevral 19th, 2008

Apple MacBook Air‘ni e’lon qilganiga mana bir oy bo‘ldi. techblog.uz – yangi texnologiyalar blogida bu haqida maqola chiqib qolsa ko‘chirib olaman deb rosa kutdim, haligacha darak yo‘q. Shuning uchun o‘zim yozishga qaror qildim :)

Hozirgi kunda MacBook Air dunyodagi eng ingichka notebook hisoblanadi. Uning eng ingichka qismi 0.16 inch (4.064 millimetr), eng qalin qismi esa 0.76 inch (19.304 millimetr). Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, MacBook Air’ning eng qalin qismi raqobatdosh notebook’larning eng ingichka qismidan ham yupqaroqdir. Air shunchalik kichikki, u xatto kattaroq maktub konvertiga sig‘adi.
Manila Envelope
MacBook Air - closed view
MacBook Air’ning ba’zi xususiyatlari:
(davomi…)

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

Mozilla Firefox 3 Beta 3

Dushanba, Fevral 18th, 2008

Bugun Ubuntu Dapper Drake dagi Firefox 3 ni yangilagan edim, Beta 3 (oxirgi) versiyasiga. Apdeytdan keyin Firefox ishlamay qoldi. Firefox’ni safe mode’da ishga tushirib ko‘rdim

/home/shooh/firefox/firefox -safe-mode

Natijada quyidagi xatolik xabarini bermoqda

firefox/firefox-bin: symbol lookup error: firefox/libxul.so: undefined symbol: pango_font_describe_with_absolute_size

Bu xabarga ko‘ra xatolik nimada ekanligini tushunmadim. Google ham yordam berolmadi hozircha.
Biroz kutaylikchi, Mozilla Dev biror narsa deb qolar.

Edit: Resolved

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

MySQL’mi yoki My$QL?

Chorshanba, Fevral 13th, 2008

Sun Microsystems Inc. internet olamida eng mashxur va keng tarqalgan ochiq kodli ma’lumotlar ba’zasi – MySQL AB‘ni sotib oldi.
MySQL Enterprise

“Biz LAMP‘ning M’iga bir milliard dollar tikdik” deb yozadi Sun’ning prezidenti Jonathan Schwartz o‘z blogida. Internet jamoatchiligining bu voqeaga munosabati turlicha. Ba’zilar Sun’ning bu savdosidan juda xursand: “MySQL orqasida endi avvalgidan ham kuchli kompaniya bo‘ladi”, “MySQL yana ham keng rivojlanishida katta qadam bo‘ldi” degan fikrlar bildirmoqda. Boshqalar esa MySQL’ning kelajagidan anchagina xavotirda: “1 milliard dollar pul sarflagan kompaniya internet texnologiyalarida keng foydalanilayotgan ushbu ma’lumotlar ba’zasining keyingi versiyalarini shundoq tekinga berib qo‘yarmidi?”, “MySQL’ni endi Sun ko‘mib qo‘ya qolmasa bo‘lgani edi…” kabi fikrda bo‘lmoqdalar.

Men ham ochiq kodli dasturiy ta’minotlarning katta qiziquvchisi va qo‘llab-quvvatlovchisi sifatida, MySQL o‘zining keng jamoatchiligi dastagidan ayrilib qolmasinda degan hayolga bordim…

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

ns-2.31 auto install script

Seshanba, Fevral 5th, 2008

Ushbu fayl 2007 yil 10 Martda chiqqan ns-2.31(ns2 ning oxirgi stable versiyasi)ni Ubuntu operatsiyon sistemasiga avtomatik o‘rnatish script’idir.

Script 256 MB RAM ga ega Intel Pentium 3 komputeriga o‘rnatilgan Ubuntu 6.06 Dapper Drake tizimida test qilingan.

Script root foydalanuvchi sifatida ishga tushirilishi lozim. Ya’ni:

$ sudo su
# sh ns-2.31_auto_install.sh

Saqlab olish uchun link: Download

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...

Firefox 2 va 3 da Tablar

Dushanba, Fevral 4th, 2008

Mozilla Firefox brauzerining hamma bilgan yaxshi xususiyatlaridan biri “tabbed browsing” – “oyna ichida oyna”dir. Veb sahifalarni o‘qish va internetda ishlash borasida birnecha “tab” – oynachalar ochishga to‘g’ri kelib qoladi. Shu bilan bir paytda komputerni qayta ishga tushirish yoxud ish joyini tashlab ketilgach o‘rtada elektr tokining uzilishi yoki boshqa biror sababga ko‘ra komputer o‘chib qolishi holatlari yuz beradi. Bunday holatda Firefox o‘xirgi bor ochiq bo‘lgan “tab”larni eslab qoladi hamda keyingi safar ishga tushirilganda avval ochiq bo‘lgan oynachalarni qayta yuklashni maslahat beradi.

Firefox 3: Save tabs on quit (davomi…)

GD Star Rating
loading...
GD Star Rating
loading...