e-darslar.net
Dushanba, Fevral 26th, 2007biarr.net proyektining tashabbuskorlaridan biri Odil aka bilan birgalikda distance learning (o‘zbekchasi qanaqa bo‘ladi bu iborani?) veb sahifasi – e-darslar.net – ochdik. Sahifani tuzishda ATutor distance learning content management system’idan foydalanildi. Asli Moodle o‘rnatmoqchi edik, lekin bu “ficha”ni juda dahmazalari ko‘p ekan. Shunchun o‘zimizga o‘xshagan soddaroq deb ATutor’ni o‘rnatib qo‘ya qoldik :)
Sahifa hali to‘liq ishga tushmadiyu, lekin planla bo‘yicha oz qoldi. Hozircha ATutor’ni o‘zbekchaga tarjima qilinyapti. Tashkil qilinajak dars turlariga cheklovlar yo‘q, shu faqat o‘zbek tilida (!) dars tashkil qilib, olib boradigan “muallim(a)”lar topilsa bas. Yon-atrofda tanish-bilishla bo‘sa behabar qomaylik…
loading...
loading...