Skip to content


Windows XP da yo’llanmalar ko’rsatgichini tiklash

Windows XP gacha bo’lgan Microsoft Windows oilasiga tegishli operatsiyon tizimlarda shortcut (ярлык) ikonkalarining ustida kichik ko’rsatgich paydo bo’lib qoladi. Misol uchun quyida Denwer uchun shortcut’lar, fayl ikonkalarining chap quyi qismidagi ko’rsatgichlarga e’tibor bering:

Denwer shortcuts

Davomi ›

Teglar: , ,

The Photoshop Anthology - bepul e-kitob

The Photoshop Anthology
SitePoint yuqori sifatli “The Photoshop Anthology: 101 Web Design Tips, Tricks & Techniques” kitobini elektron ko’rinishda (PDF) bepul tarqatmoqda.

Kitobni ushbu bog’dan saqlab olishingiz mumkin (fayl hajmi 64 MB).
Agar internet tezligingiz past bo’lsa kichik rezolyutsalik versiyasini bu bog’dan (23 MB) saqlab oling.

Teglar: ,

Hikoya: qum o’g'risi

Jazirama issiq yoz. Amerika qo’shma shtatlari va Meksika chegarasi.

Juan ismli meksikali yigit yelkasida ikki sumka ko’targancha mototsiklini “varrilatib” kelib to’xtadi. Chegara posbonlaridan biri:
— Sumkada nima bor? - deya so’radi.
— Qum, - javob qildi Juan.
— Qum?
— Ha, qum.
Davomi ›

Teglar: ,

Simulatorlar: o‘quv yurtlarida qo‘llash perspektivalari

Bundan ikki oycha avval infoCOM.UZ “IT-jurnalistikasi sohasida milliy mukofot” maqolalar tanlovini e’lon qilgan edi. Kamina ham ushbu tanlovga ozmi-ko’pmi o’z xissamni qo’shish uchun “Simulatorlar: o‘quv yurtlarida qo‘llash perspektivalari” nomli maqola topshirgan edim. Mana bugun maqolam infoCOM.UZ saytida chop etilibdi. Kimda-kim qiziqsa marhamat, maqola mana bu yerda, o’qib chiqishi mumkin.

Aytib qo’yay, maqolada texnik terminlarga biroz ko’p joy ajratilgan. Shuning uchun ba’zilarga sal tushunarsiz bo’lishi mumkin.
Xullas maroqli mutolalar :)

11 soat keyin: Aytganchi tanlov natijasi May oyining so’nggida ma’lum bo’ladi.

Teglar: , ,

Ubuntu 8.04 - Hardy Heron: Numpad ишламаяпди

Solution
Go to :
1) System
2) Preferences
3) Keyboard
4) Switch to tab “Mouse Keys”
5) Uncheck “Allow to control the pointer using the keyboard”
6) Done.

Агар тизим тили Ўзбекча бўлса (менда шундай) у ҳолда ечим қуйидагича:
1) System
2) Мосламалар
3) Keyboard
4) “Сичқонча тугмалари” бўлимига ўтинг
5) “Allow to control the pointer using the keyboard” дан белгини олиб ташланг
6) Тамом.

Умуман олганда ўзбек тилига таржимани тамомлаш керак, аралаш-қуралаш бўлиб жа хунук кўриниб кетади баъзан (масалан шу ерда ҳам:)

Teglar: , ,

Kim topadi-ya, shuginani-ya

Xullas qisqa va lo’nda matematik-analitik savol:

Agar
1 = 5
2 = 25
3 = 125
4 = 625 bo’lsa,
5 = ?

Qani kim topib tashlaydi? :)
To’g'ri javobni 2 kundan keyin e’lon qilaman.

Teglar:

Olti darajali oraliq, kichik dunyolar yoxud Erdos raqami

Universitet networking darslaridan birida Garvard universiteti professori Stanley Milgramning “Six degrees of separation” - “Olti darajali oraliq” teoriyasi bilan tanishib chiqqan edik. Men uchun bu teoriya yangilik hamda qiziqarli bo’lganligi sababli Siz azizlar bilan ham baham ko’rish istagi tug’ildi.

Xo’sh, Olti darajali oraliq teoriyasi nima haqida? Professor Milgramning ta’kidlashicha dunyodagi harqanday ikki insonning o’rtasida yuzma-yuz tanishlar oralig’i 6 ga teng. Albatta bu raqam o’rtacha hisobdir. Ya’ni albatta biz inson sifatida yuzma-yuz tanish bo’lganimiz shaxslar juda ko’p, shu bilan birga o’rtadagi yuzma-yuz tanishlar zanjiri yuzlab kishilardan iborat bo’lgan juftliklar ham mavjud. Ammo o’rtacha hisobdagi “olti” raqami men uchun xayron qolarlik darajada kichik bir sondir. O’zbekiston prezidenti bilan Respublikaning harqanday fuqarosi orasida olti kishigina bor. Orqavarotdan, shunchaki nomini eshitgan, televizorda ko’rgan, internetda rasmiga ko’zi tushgan emas, balki aynan yuzma-yuz tanish bo’lgan 6 kishi.
Davomi ›

WindowsXP: Language bar disappears after update

Yaqinda Windows XP apdeyt qilingach Taskbar’dagi Language bar yo’qolib qoldi. Boshqaruv paneli orqali ko’rinadigan qilsam ish stoli(desktop)da ko’rinyapti, ammo minimize qilinganda Taskbar’da turishni o’rniga yo’q bo’lib qolaverdi. Kamina 3 ta tildan foydalanman: Koreys, Rus va O’zbek (kiril) tillari. Shuning uchun Language bar juda muhim, tillarning qaysi biri faol ekanligini ko’rib-bilib turmasam ko’ngil joyiga tushmaydi.

Xullas Microsoft’ning saytidan masalaga yechim bo’ladigan hech narsa topolmadim, axiri Internetni titkilay-titkilay faqat Registry’ni taxrirlash yo’li bilan muammoning yechish usulini topdim. Registry’ga kiritilishi lozim bo’lgan kod quyidagicha:
Davomi ›

Teglar: ,

WordPress 2.5 Brecker e’lon qilindi

UzBlogger‘dan:

Mana nihoyat WordPress 2.5 nashrdan chiqdi. Blogingizni yangilashdan oldin barcha plaginlaringizni aktivsizlashtiring va yangilab bo‘lgandan so‘ng, birma-bir aktivalshtirib chiqing. Har bir plaginni aktivlashtirgandan so‘ng, blogingizni ishlashini tekshirib ko‘ring.

Qo’shimcha ravishda “WordPress 2.5 uchun tayyorgarlik” maqolasi bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin.

Shingil ham endi WordPress 2.5 Brecker’da ishlamoqda.

Maqola yoz - noutbukka ega bo’l!

infoCOM.UZ - O’zbekiston axborot kommunikatsiya texnologiyalari jurnali “IT-jurnalistikasi sohasida milliy mukofot” tanlovini e’lon qildi. (asli e’lon 3 kun avval chiqib bo’lgan:). Tanlov haqidagi rasmiy xabar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin, rus tilida o’qish qulay bo’lganlar mana bu yerdan o’qib olishlari mumkin.
Maqola yoz - noutbukka ega bo’l

Tanlov shu yilning 12 martidan 16 mayigacha davom etadi. Tanlovda istagan odam qatnashishi mumkin: bitta sharti tanlov uchun maxsus maqola yozilishi kerak. Xohlovchilar o’z maqolalarini 10 maygacha editor@infocom.uz manziliga elektron formatda yuborishlari lozim (Maktub sarlavhasiga “Tanlovga” deb yozish esdan chiqmasin:).

Maqolalar mavzusi - axborot texnologiyalari. Mavzular axborot texnologiyalarining O’zbekiston Respublikasida hozirda qo’llanilishi yoki kelajakda tatbiq etilishi istiqbollari borasida bo’lishi mumkin. Maqola hajmi ko’pi bilan 20 000 belgidan iborat bo’lishi mumkin, ammo maqolalar soni chegaralanmangan. Maqola o’zbek yoki rus tillarida yozilishi mumkin.

Eng muhimi yutuq uchun ikkita ASUS-X50N noutbuklari qo’yilgan. Qisqacha noutbuk haqida:
Davomi ›

Teglar: , ,